15-noyabr kuni O‘zbekistonda quruq ob-havo bo‘ladi
eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda kechga kelib 5 daraja sovuq bo‘ladi

Bugun, 15-noyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo 12 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, biroq yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo 9-11 daraja iliq, kechga kelib 1 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda ham quruq ob-havo kuzatiladi. Kunduzi havo 5 daraja iliq, kechasi esa 5 daraja sovuq bo‘ladi.