Yangiliklar

ACWA Power O‘zbekistonda elektr energiyasini saqlash tizimlarini quradi

Qurilishning taxminiy qiymati $1,1 milliardni tashkil etadi
Foto: Energetika vazirligi

Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi va O‘zbekiston Energetika vazirligi umumiy quvvati 2000 MVt/soat bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimlarini barpo etish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda respublika Energetika vazirligi xabar berdi.

Loyiha tizimlarning bosqichma-bosqich joriy etiladigan mos hududlarini aniqlash uchun mamlakat energetika tizimini tahlil qilishni nazarda tutadi.

Qurilishning taxminiy qiymati $1,1 milliardni tashkil etadi. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida 1000 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) ACWA Power kompaniyasiga  O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya uchun $240 mln ajratishi haqida yozgan edi.