AQSh davlat qarzi $36 trilliondan oshdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Masalani zudlik bilan hal qilish lozimligi ta’kidlandi
Foto: Pixabay.com

15-noyabr holatiga ko‘ra, AQSh davlat qarzi tarixda birinchi marta 36 trillion dollardan oshdi. Bu haqda Debt Clock xizmatining ma’lumotlariga tayanib, Report Az axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yanvar oyida qarz miqdori $34 trln.dan oshgan edi.

Ekspertlar va siyosatchilar qarzning o‘sishida Jo Bayden ma’muriyatining iqtisodiy siyosatini tanqid qilmoqda. Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa 2032-yilga borib davlat qarzi YaIMning 140 foiziga yetishi mumkinligini ta’kidlab, bunday holat global iqtisodiyot uchun xavf tug‘dirishini qayd etgan.

AQSh Kongressi Budjet byurosi 2034-yilga borib qarz hajmi $50 trlndan oshishini prognoz qilmoqda. Mutaxassislar ushbu masalani zudlik bilan hal qilish lozimligini ta’kidlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning davlat qarzi $37 mlrd.ga yetgani haqida yozgan edik.

Shuningdek