Dubaydan Bishkekka uchgan samolyot Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi
eʼlon qilindi
Tuman tufayli

Dubaydan Bishkekka uchgan Fly Dubai aviakompaniyasi samolyoti Toshkent aeroportida majburiy qoʻnishni amalga oshirdi. Bu haqda «Novosti Tashkentskogo neba» Telegram kanali xabar berdi.
Havo kemasi ekipaji Bishkekda tumanli ob-havo yuzaga kelgani va ko‘rish masofasi 100 metrdan kam bo‘lgani sababli Islom Karimov nomidagi aeroportga qo‘nishga qaror qildi.
Gap FZ-1689 yo‘lovchi reysi haqida ketmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan noyabr oyining ikkinchi o‘n kunligi boshida UzAirways samolyoti Jiddaga o‘z vaqtida ucha olmaganini yozgan edi.