Eron hukumati ayollarning jamoat joylarida boshini o‘rashini talab qiluvchi qat’iy hijob qonunlariga rioya qilishdan bosh tortgan ayollar uchun mamlakatda maxsus klinikalar ochilishini e’lon qildi. Bu haqda Iran International ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, klinikada hijob o‘rashni bosh tortgan ayollarga psixologik yordam ko‘rsatiladi.
Birinchi «Hijob kiyishni istamagan ayollarga yordam berish va davolash klinikasi» tashkil etilgani haqida Tehrondagi ezgulikni targʻib qilish va oldini olish boʻyicha bosh qarorgohi ayollar va oila boʻlimi boshligʻi Mehri Tolebi Darestoniy e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu muassasada kiyinish qoidalarini buzgan ayollarga ilmiy va psixologik muolajalar beriladi.
Klinikalar haqidagi e’lon hijob to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun kampus qo‘riqchilari tomonidan zo‘ravonlikka qarshi norozilik bildirgan talabaning hibsga olinishi paytiga to‘g‘ri keldi.
Huquq faollari, shuningdek, majburiy kiyinish qoidalarini buzganlikda gumon qilinayotgan ayollarning hibsga olinishi, majburan g‘oyib bo‘lishi va bunday qonunbuzarliklarga aloqador korxonalar yopilishi holatlari ko‘payayotganini xabar bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Isroil ziddiyatlari va sulh tuzishi mumkinligi haqida yozgan edik.