FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yangi kubogini taqdim etdi
eʼlon qilindi
O‘yinlar AQSHda bo‘lib o‘tadi

FIFA futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining rasmiy kubogini taqdim etdi, u ilk bor 2025-yilgi turnir g‘olibiga topshiriladi. Bu haqda federatsiya xabar berdi.
O‘yinlar AQSHda 15-iyundan 13-iyulgacha 11 shahardagi 12 ta stadionda bo‘lib o‘tadi. Final Nyu-Yorkdagi MetLife stadionida o‘tkaziladi.
Tiffany & Co. bilan hamkorlikda yaratilgan yangi kubok 24 karatli oltin bilan qoplangan va futbol tarixini ifodalovchi gravyuralar bilan bezatilgan.
2024-yilda «Manchester Siti» futbol klubi bu kubokni qo‘lga kiritgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Iroq bilan nazorat o‘yinini o‘tkazishi haqida yozgan edi.