Yangiliklar

Konditsioner eksportidan $10 milliondan ortiq daromad olindi

Joriy yilning to‘qqiz oyi hisob-kitob natijalariga ko‘ra
Foto: MarySan / www.depositphotos.com

2024-yilning yanvar – sentabr oylarida O‘zbekiston korxonalari xorijga qariyb 45,4 mingta konditsioner sotdi hamda ushbu eksport natijasida $10,3 mln daromad qildi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Eng ko‘p Ozarbayjonga qariyb 21,4 mingta eksport qilindi. O‘zbekiston konditsionerlarini xarid qilish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Tojikiston (12 mingta), uchinchi o‘rinda Qirg‘iziston (4,6 mingta) joy olgan.

Turkiya va Qozog‘iston ham O‘zbekiston ishlab chiqaruvchi konditsionerlarning asosiy xaridorlari qatoridan o‘rin oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekistonda konditsioner sotib olish va uni oʻrnatish necha pulga aylanishi haqida ma’lumot bergan edi.