Ma’lumotlar fikrlardan ko‘ra muhimroq — Kevin Xanda

eʼlon qilindi
Uzum Team nomli ochiq ma'ruzalar maydonchasi ishga tushirildi
Foto: Roman Fedotov/ Kursiv Uzbekistan

Uzum ekotizimi Uzum Team nomli ochiq ma’ruzalar maydonchasini ishga tushirdi. Unda ekotizim ekspertlari va mamlakatimizning yetakchi kompaniyalari mutaxassislari IT xizmatlarini yaratish, jamoa, loyihalar va brend kommunikatsiyalarini boshqarish boʻyicha oʻz bilimlari bilan boʻlishadi.

Shunday qilib, Uzum ekotizimining mahsulot direktori va texnik direktori Kevin Xanda IT xizmatlariga oid qarorlarni qabul qilish va ularni rivojlantirishda maʼlumotlardan qanday foydalanish haqida soʻzlab berdi. Kursiv Uzbekistan maʼruzaning asosiy fikrlarini jamladi.

Data-driven yondashuvi nima

«Maʼlumotlar fikrlardan ko‘ra muhimroq» degan ibora data-driven yondashuvining mohiyatini ikki soʻz bilan ifodalaydi. Bu degani, har qanday qaror maʼlumotlar, metrikalar va eksperiment natijalari bilan asoslanishi kerak. Bunday model mahsulot faoliyati va foydalanuvchilarning xatti-harakatlari toʻgʻrisida doimiy maʼlumotlar toʻplash hamda gipotezalarni muntazam ravishda eksperimentlar, tadqiqotlar va gipotezalarni sinovdan o‘tkazishni nazarda tutadi.

Masalan, Uzum brendining binafsha rangi ham tadqiqotlar asosida tanlangan. «Biz odamlar orasida qaysi ranglar afzal ekanini o‘rgandik. Natijalar binafsha rangni tanlashimiz kerakligini ko‘rsatdi», — dedi Xanda.

Foto: Roman Fedotov/ Kursiv Uzbekistan

Data-driven yondashuvini qo‘llash

Data-driven yondashuv raqamli xizmatlar interfeysini ishlab chiqish va uni takomillashtirishda samarali vosita hisoblanadi. Masalan, Uzum Market ilovasining bosh sahifasi interfeysining qaysi varianti foydalanuvchilarni jalb qilish va tovarlarni ko‘rishga bo‘lgan konversiya jihatidan samaraliroq ekanini aniqlash uchun marketpleys jamoasi foydalanuvchilarni uch guruhga bo‘ldi. Har bir guruhga turli xil interfeys variantlari namoyish etildi. Variantlarning samaradorligi tovar sahifalariga o‘tish ko‘rsatkichi bilan baholandi. Natijada eng muvaffaqiyatli interfeys tanlanib, biznes uchun muhim metrikalar yaxshilandi.

Yana bir misol – bu tavsiya etilgan tovarlar ro‘yxatini shakllantirish. «Biz intuitiv tanlash, qo‘lda to‘g‘irlash bilan avtomatlashtirilgan tanlash va to‘liq avtomatlashtirilgan tanlash kabi uchta usulning samaradorligini tekshirdik. Natijada, 4 foizga o‘sishni ko‘rsatgan va yaxshi daromad keltirgan qo‘lda to‘g‘irlash bilan avtomatlashtirilgan tanlash usulini tanladik», — dedi Xanda.

Foto: Roman Fedotov/ Kursiv Uzbekistan

Biznesning o‘sishi bilan bog‘liq muammolarga qarshi yechim

Data-driven foydalanuvchilar soni koʻpayib ketayotganda va xizmat sifatini saqlab qolish uchun juda foydali yordamchi boʻlishi mumkin. Bu yerda turli gipotezalarni sinab koʻrish orqali miqdor, sifat va foydalanuvchilarning qanoatlanish darajasi oʻrtasidagi muvozanatni topish mumkin. Masalan, bunday yechim sifatida bepul yetkazib berish uchun minimal buyurtma summasini belgilash misolini keltirish mumkin. Bu marketpleysga buyurtma qabul qilish punktlari va omborxonalarga tushadigan yukni kamaytirishga yordam berdi, shu bilan birga oʻrtacha buyurtma miqdori 3 foizga oshdi.

Tadbirkorlik intuitsiyasi va foydalanuvchilar ehtiyojlarini chuqur anglash hali ham muhimdir. Ammo ma’lumotlar jamoa uchun xizmatni rivojlantirishda asosiy tayanch va yo‘nalish vazifasini bajaradi.

Uzum Team ma’ruzalar maydonchasida uchrashuvlar har hafta o‘tkaziladi. Tinglovchi sifatida bepul ishtirok etish uchun https://uzum.team havolada ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Shuningdek