Yangiliklar

Navoiy viloyatida zilzila qayd etildi

Magnituda 3,9-ni tashkil etdi
Foto: Gismeteo.com

15-noyabr kuni soat 11:59 da O‘zbekistonning Navoiy viloyatida 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi, deb xabar qildi O‘zR Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Yer silkinishlari Tamdin tumanida 15 km chuqurlikda sodir bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘idan Toshkentgacha bo‘lgan masofa 427 km.ni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyi boshida Navoiyda ikki balli zilzila qayd etilgan edi. Zilzila o‘chog‘i Buxoro viloyatida boʻlgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Afg‘onistonda olti balli zilzila bo‘lgani haqida yozgan edi.