Yangiliklar

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Iroq bilan nazorat o‘yinini o‘tkazadi

Futbol bahsi yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tadi
Foto: O‘FA

15-noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Iroq vakillari bilan to‘p suradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

O‘yin Toshkent viloyatidagi «Do‘stlik» stadionida soat 15:00 da boshlanadi. Tomonlarning kelishuviga muvofiq, futbol bahsi yopiq eshiklar ortida boʻlib oʻtadi.

Mazkur o‘yin 2025-yilning fevral oyida Xitoyda 20-yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasiga tayyorgarlik sifatida o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «JCH – 2026» saralash bosqichida O‘zbekiston Qatarga mag‘lubiyatga uchragani haqida yozgan edi.