Yangiliklar

Yangiyo‘lga yangi hokim tayinlandi

Ravshan Raimov avval Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Ravshan Raimov Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida hokim lavozimida faoliyat yuritadi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Raimov avval Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari bo‘lgan. 2020 – 2023-yillarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlagan.

Undan oldin Yangiyo‘lda Dilshod Sultonov hokim vazifasida bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fazliddin Umarov Samarqand shahar hokimi etib qayta tasdiqlangani haqida yozgan edi.