«Besh tashabbus olimpiadasi» sport musobaqalari tashkil etiladi

eʼlon qilindi
2025/2026-o‘quv yilidan boshlab
Foto: Pixels.com

Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi. Bu haqda PQ-392-son prezident qarori qabul qilindi.

2024-yil 15-noyabr kuni jismoniy tarbiya fanini o‘qitilishi hamda fan doirasidagi o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan prezident qarori tasdiqlandi.

Hujjatga muvofiq kelgusi yildan boshlab maktab o‘quvchilarining yosh toifasi bo‘yicha olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari ro‘yxati shakllantiriladi.

Shuningdek, kelgusi yildan 1-iyuliga qadar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.

Bundan tashqari, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab har bir maktabda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi va har yili an’anaviy tarzda maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Besh tashabbus olimpiadasi» sport musobaqalari tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 2023-yilda davlat rahbari topshirig‘iga asosan O‘zbekistonda 7-sinfdan boshlab kasblar o‘rgatilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek