Yangiliklar

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi beriladi

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 6 oy o’tib kuchga kiradi
Foto: Pixels.com

O‘zbekistonda «Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi yangi qonun (O‘RQ–996-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi.

Hujjatda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning bir qancha turlari qayd etilgan.

Masalan, jismoniy, jinsiy, ruhiy zo‘ravonlik, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya qilish, ta’qib etish (bulling) — ya’ni shaxsga nisbatan davomli ravishda psixologik, og‘zaki yoki jismoniy zo‘ravonlik qilinishi, uni tahqirlash, masxara qilish yoki qo‘rqitish.  

Davlat bolalarni himoya qilish uchun huquqiy, ma’muriy, ijtimoiy va iqtisodiy chora-tadbirlarni ko‘radi. Jumladan, zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga himoya orderi berish tartibi joriy etiladi.

Himoya orderi:

Himoya orderi ichki ishlar organlari tomonidan berilib, zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga vakolatli davlat organi ishtirokida topshiriladi. Mazkur order 30 kungacha amal qiladi va rasmiy berilgan vaqtdan kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev urushdan jabr ko‘rgan falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekistondagi klinikalarda bepul davolashni taklif qilgani haqida xabar bergan edi.