Ispace hamda SpaceX’ning Oyga qo‘nish missiyasi 2025-yil yanvar oyiga ko‘chirildi

eʼlon qilindi
Kosmik biznesga bo'lgan qiziqishni yanada oshirish ustida ishlanmoqda
Foto: Ispace

Ispace hamda SpaceX kompaniyalarining Mission 2 parvozi kelgusi yil yanvar oyiga ko‘chirilgani haqida ma’lum qilindi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Oyga qo‘nuvchi kosmik apparat reja bo‘yicha tayyorlanmoqda va u uchirishga yakuniy tayyorgarlik uchun belgilangan jadval asosida Floridaga yetkaziladi.

«Biz kosmik agentliklar, davlat idoralari va butun dunyo bo‘ylab kompaniyalar bilan $99 million qiymatidagi memorandumlar va vaqtinchalik foydali yuk xizmatlarini ko‘rsatish bitimlarini (iPSA) imzoladik», — dedi ispace kompaniyasi direktori Djumpei Nodzaki.

Kompaniyaning moliyaviy natijalari, Mission 3 uchun foydali yuklarning sotilishi bo‘yicha o‘tgan moliyaviy yilga nisbatan sezilarli o‘sishni ko‘rsatmoqda.

«Mission 2 ushbu qishda boshlanishi kutilayotgani sabab, biz kosmik biznesga bo’lgan qiziqishni yanada oshirish ustida ishlaymiz», — deya qo‘shimcha qildi direktor.

Ispace kompaniyasi kosmik sanoatning asosiy o‘yinchilari bilan sheriklik bitimlari va shartnomalar tuzish orqali o‘z pozitsiyasini mustahkamlashda davom etmoqda.

Shuningdek, kompaniya Oyga foydali yuklarni yetkazib berish xizmatlarini taqdim etish va Oy yuzasida ilmiy tadqiqotlar hamda tijorat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali barqaror Oy iqtisodiyotini yaratishga intilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan NASA’ning oyga qo‘nish missiyasi uchun skafandr dizayni taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek