Yangiliklar

Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi

Tutzorlar uchun yer solig‘i 0,1 koeffitsiyent qo‘llangan holda hisoblanadi
Foto: Pixels.com

Prezident qaroriga muvofiq uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi. Bu haqda Huquqiy axborot Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2024-yil 15-noyabrdagi qarori bilan Soliq kodeksiga kiritilgan yangi qo‘shimchalar uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotgan kasanachilarga foyda keltiradi.

2023-yil 1-yanvaridan 2026-yil 1-yanvariga qadar, uy sharoitida tirik pilla yetishtirish faoliyatidan olingan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Shuningdek, uy sharoitida pilla yetishtiruvchilarning mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltirilgan mablag‘lar ham ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

Qonunga ko‘ra, tutzorlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i 0,1 koeffitsiyent qo‘llangan holda hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan may oyida prezident pillachilik sanoatida muammolar mavjudligini gapirgani haqida xabar bergan edi.