Yoshlik tajribadan ustun keldi: Tayson mag‘lub bo‘ldi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Jang to‘liq 8 raund davom etdi
                    
                            
Afsonaviy Mayk Tayson bloger Jeyk Polga qarshi jangda ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Jang Netflix tomonidan jonli efirda taqdim etildi.
Boks faxriysi Mayk Tayson va bloger Jeyk Pol o‘rtasida jang to‘liq 8 raund davom etdi. Hakamlar jangni Polning foydasiga 80-72, 79-73, 79-73 deya baholadi.
Umumiy hisob-kitoblarga ko‘ra ushbu g‘alaba Polning karyerasidagi 11-g‘alabasi bo‘ldi. «Temir» Mayk esa o‘zining yettinchi mag‘lubiyatini qabul qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Tayson va Pol o‘rtasidagi jang bo‘yicha mutaxassis fikrini o‘rgangan edi.
 
            