Yangiliklar

Global yashil rivojlanish instituti O‘zbekistonga $6,5 million ajratadi

O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tishi uchun
Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Boku shahrida bo‘lib o‘tgan COP29 konferensiyasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi delegatsiyasi GGGI bosh direktor o‘rinbosari Helena McLeod bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tomonlar o‘zaro hamkorlik loyihalari, jumladan, Parij bitimini amalga oshirish va Koreya Respublikasi bilan iqlim bo‘yicha birgalikdagi harakatlar doirasidagi loyihalarni muhokama qildi.

Yashil investitsiyalarni safarbar qilish, barqaror qishloq xo‘jaligi va ekologik baholashni rivojlantirish masalalari ko‘tarilib, uchrashuv yakunida $6,5 mln miqdorida grant ajratish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu kelishuv O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tishni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Germaniya 3 mln yevrolik yangi shartnoma imzolagan edi.