Yangiliklar

Italiya G‘azo tinch aholisiga 15 tonna gumanitar yordam yubordi

Urush boshlanganidan buyon 1,1 mln tonnadan ortiq yordam yetkazilgan
Foto: Ministero Difesa

Italiya xayriya tashkiloti tomonidan yig‘ilgan 15 tonnalik oziq-ovqat Kiprning Larnaka va Isroilning Ashdod shaharlari orqali anklavga yetkaziladi. Bu haqda Euronews axborot agnetligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Misericordie xayriya tashkiloti tomonidan yig‘ilgan oziq-ovqat harbiy samolyotlarda Piza aerodromidan Kiprning Larnaka shahriga yetkazildi. Keyin u Kipr hukumati tashabbusi bilan BMT va Yevropa Ittifoqi kabi xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikda Kipr dengiz yo‘lagi orqali Isroilning Ashdod portiga jo‘natiladi.

Isroil uzoq vaqtdan beri G‘azoga yordam oqimini to‘sib qo‘ygani uchun tanqid qilinib kelinishiga qaramasdan, bu rad etib kelinmoqda edi.

Payshanba kuni BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi yana Isroilni ochlikdan urush quroli sifatida foydalanganlikda aybladi.

Uning ma’lumotlariga koʻra, oʻtgan yilning oktyabr oyida urush boshlanganidan buyon anklavga 1,1 mln tonnadan ortiq yordam yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston Qirgʻizistonning seldan zarar koʻrgan hududiga gumanitar yordam yuborgan edi.