Lexus ES 2026 taqdim etildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Narxi $41,5 mingdan $67,6 minggacha
Foto: Lexus

2026-yilgi Lexus ES yangilangan ko‘rinishda namoyish etildi. Bu haqda Carscoops axborot nashri ma’lum qildi.

Foto: Lexus

Unga ko‘ra, model yangi matritsali LED faralar va kapotga qarab torayib boruvchi o‘ziga xos panjaraga ega bo‘lib, bu dizayn avvalgi Lexus RX modelini eslatadi. Orqa qismda esa chiroqlar o‘rtasida joylashgan LED tasma avtomobilga zamonaviy ko‘rinish beradi.

Foto: Lexus

Salondagi eng ko‘zga tashlanadigan yangilik Lexus RX kabi 14 dyuymli ekranga ega mediatizimdir. Avvalroq avtomobil 12,3 dyuymli diagonali ekranga ega mediatizim bilan jihozlangan edi. Sedan, shuningdek, qayta ishlangan vites selektori, takomillashtirilgan ovozli boshqaruv tizimi va ichki bezak va qoplamaning yangi variantlarini oldi.

Foto: Lexus

Texnik nuqtai nazardan, deyarli hech narsa o‘zgarmagan: ES 200 ning asosiy versiyasi 170 ot kuchiga ega 2,0 litrli atmosfera dvigateli bilan jihozlangan va ES 300h versiyasi 2,5 litrli dvigatel hamda bitta elektr motoriga asoslangan gibrid tizim bilan jihozlangan. Umumiy quvvat – 215 ot kuchiga teng. Ikkala holatda ham quvvat CVT orqali faqat old g‘ildiraklarga uzatiladi.

Foto: Lexus

Yangilangan Lexus ES modeliga Xitoyda allaqachon buyurtma berish boshlangan. Lexus ES 200 Premium Edition narxi $41,5 mingdan boshlanadi, flagman ES 300h Executive Edition esa $67,6 ming turadi.

Foto: Lexus

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi 2025-yilgi Chevrolet Tahoe Xitoyda taqdim etilgani va uning narxlari haqida yozgan edik.

Shuningdek