Mashhur “Картошка” shokoladining kontrafakt nusxasi aniqlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Qalbaki mahsulot “F.Y” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan
Foto: Intellektual mulk agentligi

Adliya vazirligi Rossiyaning «Nevskiy konditor» MChJga tegishli «Картошка» shokoladining noqonuniy nusxasi ishlab chiqarilayotgani haqida murojaat oldi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi ma’lum qildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida «F.Y» MChJ tomonidan ushbu shokoladning kontrafakt mahsulotlari savdoga taklif etilgani aniqlangan.

Huquqbuzar kompaniyaga qonun buzilishlarini bartaraf etish talabi kiritildi va bu holat bartaraf etildi. Qonunchilikka ko‘ra, tovar belgisidan qonunga zid foydalanish kontrafakt hisoblanadi va huquqiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Bio Smekta» biofaol qo‘shimchasini tasdiqlagan labaratoriya seritifikati bekor qilingan edi.

Shuningdek