
Bugun, 18-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi. Boshqa viloyatlarda quruq ob-havo kuzatiladi. O‘rtacha havo harorati 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Toshkent shahrida ertalab yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi havo 18-20 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yomg‘ir va qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.