Alisher Nikimbaev O‘zbekiston – KXDR uchrashuvi haqida: mening fikrimcha, ertaga durang o‘ynaymiz

eʼlon qilindi
G‘alaba ko‘plab omillarga bog‘liq
Foto: O‘zbekiston futbol assosiasiyasi

19-noyabr, seshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida KXDR terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev Kursiv Uzbekistan nashriga ushbu uchrashuvning ehtimoliy natijalari haqida fikr bildirdi.

«G‘alaba ko‘plab omillarga bog‘liq. Umid qilamanki, yaqinda Qatar bilan bo‘lgan o‘yin o‘zbekistonlik futbolchilarni ruhlantirib, ularga vaziyatga boshqa nuqtai nazardan qarashga majbur qiladi», – dedi ekspert.

«Shunga qaramay men biz guruhda ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqamiz deb hisoblayman. Dastlab men Eron guruhning favoriti bo‘lgani uchun birinchi o‘rinni egallamasligimizni taxmin qilgan edim. Menimcha, ertaga biz durang o‘ynaymiz», – dedi Nikimbaev Shimoliy koreya terma jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yinning natijasini taxmin qilib, O‘zbekiston terma jamoasining raqiblaridan biri albatta ochko yo‘qotadi va keyingi kurashda biroz osonroq bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mart oyidagi o‘yinlar, ayniqsa, Qirg‘iziston bilan bo‘ladigan uy uchrashuvi ko‘p narsani hal qiladi.

«Agar ertaga Qirg‘iziston Eronga yutqazib qo‘ysa, ular ehtimol, 2027-yilgi Osiyo kubogi uchun tarkibni yangilashni boshlaydi, shuning uchun mart oyida O‘zbekistonning vazifasi biroz osonlashishi mumkin», dedi Nikimbaev.

«Ertangi o‘yinda g‘alaba qozonish jahon chempionatining keyingi bosqichiga chiqishni to‘liq kafolatlamaydi, lekin vaziyatni soddalashtiradi. Mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham jamoaning saralash imkoniyatlari saqlanib qoladi. Kurash iyun oyidagi hal qiluvchi o‘yinlargacha davom etadi», – deya xulosa qildi u.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qatar – O’zbekiston uchrashuvi natijasi haqida yozgan edi.

Shuningdek