Bitcoin kursi $92 mingga yaqinlashdi
eʼlon qilindi
19-oktabrdan boshlab kriptovalyuta qiymati 35 foizga oshdi

18-noyabr, dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:05 da CoinGecko ma’lumotlariga ko‘ra, bitkoin narxi $91,7 minggacha ko‘tarildi.
19-oktabrdan beri kriptovalyuta narxi 35% ga oshdi, yil boshidan esa uning qiymati ikki baravar oshdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Donald Trampning prezidentlik saylovidagi g‘alabasi fonida Bitcoin narxining oshishi haqida yozgan edi.