16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida dollarning rasmiy kursi 12,71 so‘mga oshib, 12 825,01 so‘mni tashkil etdi.
Moliya institutlari ushbu valyutani 12 750 – 12 805 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 830 – 12 885 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 15-noyabr kuni davlatda dollarning narxi 12,17 so‘mga ko‘tarilgan edi.