Yangiliklar

Hindistonning gipertovushli raketa sinovi muvaffaqiyatli amalga oshirildi

Raketa 1500 km masofaga yuk tashiy oladi
Foto: Rajnat Singx/ X

Hindiston gipertovushli raketaning birinchi muvaffaqiyatli sinovini amalga oshirdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra sinov Odisha shtati qirg‘oqlarida o‘tkazilib, raketa 1500 km masofaga yuk tashish qobiliyatiga ega ekani tasdiqlandi.

Hindiston Mudofaa vaziri Rajnat Singx ushbu yutuqni Hindiston uchun «asosiy bosqich» deb atadi.

Ma’lumot uchun, gipertovushli raketalar yuqori tezlik va manevrlik bilan an’anaviy mudofaa tizimlarini chetlab o‘tish uchun yaratilgan.

Xitoy, AQSh va Rossiya eng rivojlangan gipertovushli texnologiyalarga ega bo‘lsa, Hindiston bu borada texnologiyani o‘rganuvchi mamlakatlar orasida Yaponiya, Avstraliya va Fransiya bilan bir qatordan joy olmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple kompaniyasi iPhone Pro ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirishi haqida yozgan edik.