Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yangi chaqiriqdagi birinchi tashkiliy majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, majlis davomida deputatlar «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Spiker lavozimiga nomzod ko‘rsatish jarayonini boshlashdi.
Ushbu yig‘ilish doirasida Siyosiy partiyalar vakillari kengashi tashkil etilib, ular tomonidan Spikerlikka nomzodlar muhokama qilindi. Kengashning taklifiga asosan, deputatlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan O‘zXDP a’zosi Nuriddin Ismoilovni Qonunchilik palatasi Spikeri etib saylashdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Senat a’zolarini tayinlagani haqida yozgan edik.