Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichi yakunlandi. Ayollar va erkaklar dasturlarida O‘zbekiston terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) xabar berdi.
Yakuniy bahslarda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi qozog‘istonlik qilichbozlarni, ayollar esa terma jamoasi Bolgariya vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchinchi o‘rinni Vengriya (erkaklar o‘rtasida) va Ruminiya (ayollar o‘rtasida) jamoalari egalladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘tgan hafta o‘zbekistonlik futbolchilar Qatarga imkoniyatni boy bergani haqida yozgan edi.