«Oʻzbekiston temir yoʻllari» kompaniyasi «Toshkent – Buxoro – Toshkent» yoʻnalishida yangi poyezd qatnovni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Bu haqda respublika Transport vazirligi ma’lum qildi.
«Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi»da ishlab chiqarilgan poyezd 12 ta vagondan iborat boʻlib, ulardan ikkitasi VIP-yoʻlovchilar uchun, toʻrttasi biznes-klassga moʻljallangan.
Poyezdning o‘ziga xos xususiyati konditsioner tizimi bo‘lib, u poyezd to‘xtayotganda ham o‘z ishini davom ettiradi.
Hozirda poyezd Toshkentdan Buxorogacha bo‘lgan yo‘nalishda sinovdan o‘tmoqda. Uni yaqin kunlarda liniyaga o‘tkazish rejalashtirilgan. Yo‘nalishning ishga tushirilishi Oʻzbekiston davlat bayrogʻi qabul qilinganining 33-yilligiga bagʻishlanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan kuni kecha Olmaotadan Toshkentga birinchi sayyohlik poyezdi yo‘lga chiqqani haqida yozgan edi.