Yangiliklar

Toshkentni dunyoning 50 ta eng qulay shaharlari qatoriga kiritish rejalashtirilmoqda

2030-yilga kelib urbanizatsiya darajasini 60 foizga yetkaziladi
Foto: Cross Works/CNN

Toshkentda hozirda besh mln.ga yaqin odam yashaydi va ishlaydi. Bu nafaqat mamlakatning eng yirik shahri, balki Markaziy Osiyodagi eng gavjum shaharlaridan biridir, deya xabar bermoqda CNN axborot agentligi.

Unga ko‘ra, kelajakda Toshkent yanada kattalashadi. Shaharning sharqiy hududida joylashgan 20 ming gektarlik maydonni rivojlantirish orqali uni yirik metropoliyaga aylantirish rejalashtirilgan.

«Yangi Toshkent» nomini olgan ushbu kengayish loyihasi mamlakatda yangi ish o‘rinlari yaratish, investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda. Yangi Toshkentda turarjoylar, davlat idoralari, universitetlar, kutubxona, muzey va boshqa ko‘plab infratuzilmalar barpo etilishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda keng qamrovli iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar dasturini boshlagan. Ushbu rejaga ko‘ra, mamlakat 2030-yilga borib urbanizatsiya darajasini 60 foizga yetkazishni va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulotni $2,2 mingdan $4 mingga oshirishni maqsad qilgan.

Yangi Toshkent loyihasi shahar aholisi uchun zamonaviy yashash sharoitlarini taqdim etish, iqtisodiy faollikni oshirish va yangi sanoat sohalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Bu loyiha shaharni mintaqadagi eng jozibador joylardan biriga aylantirishni maqsad qilgan.

Hukumat yaqin kelajakda Toshkentni dunyodagi 50 ta eng qulay yashash shaharlari qatoriga kiritishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent 2025-yilgi Mobile 360 konferensiyasiga mezbonlik qilishi haqida xabar bergan edik.