Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya va hukumat rahbari Aleksandr Ankvab iste’foga chiqmoqda. Bu haqda «Interfaks» agentligi xabar berdi.
Ushbu qaror respublika rahbariyati va muxolifat o‘rtasidagi muzokaralar natijasida qabul qilindi. Prezident va bosh vazirdan tashqari Davlat qo‘riqlash xizmati rahbari Dmitriy Dbar ham lavozimidan ozod etiladi.
Abxaziya qonunchiligiga ko‘ra, davlat rahbari vazifasini vaqtincha vitse-prezident Badr Gunba bajaradi.
15-noyabrdan boshlab Abxaziyada ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Bunga asosiy sabablaridan biri parlamentning Rossiya bilan investitsiya bitimini ratifikatsiya qilgani bo‘ldi. Muxolifat bunday qaror mahalliy biznesga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 11-noyabr kuni Yaponiya hukumati ham iste’foga chiqqani haqida xabar bergan edi.