Haval Xiaolong Max krossoverining takomillashgan versiyasi taqdim qilindi

eʼlon qilindi
Avtomobil 2025-yilda chiqariladi
Foto: Haval

Haval Xiaolong Max krossoverining sezilarli darajada takomillashgan versiyasi taqdim qilindi. Bu haqda ithome manbalarga tayanib, xabar berdi.

Great Wall Motors kompaniyasi bosh menejeri Chjao Yunponing ta’kidlashicha, 2025-yilda Haval Xiaolong Max krossoverining yangilangan versiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil gibrid modelga aylantiriladi. Shuningdek, o‘tgan yili matbuot anjumanida Great Wall Motors kompaniyasi rasmiylari tomonidan 2024-yil oxiriga qadar barcha modellar standart komplektatsiyada Hi4 texnologiyasi bilan jihozlanishini tasdiqlangan edi.

Hi4 bu — Great Wall Motors tomonidan ishlab chiqilgan yangi ketma-ket parallel gibrid tizim. Unda elektromotor benzin dvigatelidan mustaqil ravishda yoki u bilan birgalikda ishlashi mumkin.

Hi4 tizimi benzin dvigateli va ikkita elektromotordan foydalanadi. Shuningdek, tizimga faqat elektrda 100 km.gacha masofa bosishni ta’minlaydigan litiy-ion akkumulyator batareyasi o‘rnatilgan. Bundan tashqari, yangi avtomobil tashqi ko‘rinishi va salon dizayni jihatidan to‘liq modernizatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi Jetour Traveller 2025 taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek