Dori vositalari savdosida 100 mingdan ortiq qoidabuzarik aniqlandi

eʼlon qilindi
7 mlrd so‘mdan ortiq pul asossiz olingan
Foto: Pexels.com

Raqobat qoʻmitasi ayrim dorixonalarnining dori vositalari uchun belgilangan narxlarga qat’iy rioya qilmay sotayotganini aniqladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yil davomida 878 ta dorixonada 107 773 ta qonunbuzarlik holati qayd etilgan. Bu orqali esa iste’molchilardan 7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ asossiz olingan. Shundan 2 mlrd so‘m qismi iste’molchilarga qaytarib berildi. Shuningdek, qo‘mita 800 dan ortiq murojaat natijasida 100 mln so‘m kompensatsiya qilinganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, belgilangan tartibga rioya qilmaslik dorixonalar litsenziyasining bekor qilinishiga olib kelishi mumkin. Qo‘mita barcha dorixonalarni bu borada qat‘iy ogohlantirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvvalroq boshqaruvchi kompaniyalar iste’molchilar huquqlarini poymol qilinayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek