«JCh – 2026»: bugun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi KXDRga qarshi toʻp suradi

eʼlon qilindi
3-saralash bosqichi 6-tur doirasida
Foto: O‘FA

Bugun, 19-noyabr kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatining 3-saralash bosqichi 6-tur doirasida KXDR terma jamoasiga qarshi toʻp suradi.

Uchrashuv Laosdagi «Lao» stadionida boʻlib oʻtadi va Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

Ayni damda Oʻzbekiston terma jamoasi 5-turdan keyin guruhda 10 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Birinchi oʻrindagi Eron 13 ochko jamgʻargan. Guruhdagi keyingi oʻrinlardan BAA (7 ochko), Qatar (7ochko), Qirgʻiz Respublikasi (3 ochko) va KXDR (2 ochko) joy olgan.

Avvalroq futbol eksperti Alisher Nikimbayev ushbu uchrashuvning ehtimoliy natijasi haqida fikr bildirgan edi.

Shuningdek