Yangiliklar

Litva chegarasida yuk avtomobillari uchun oldindan elektron ro‘yxatdan o‘tish tartibi joriy etiladi

1-dekabrdan
Foto: ginasanders/Depositphotos

Joriy yilning 1-dekabridan boshlab, Litvadan Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralari orqali chiqmoqchi bo‘lgan barcha yuk avtomobillari uchun oldindan elektron navbatga ro‘yxatdan o‘tish tartibi joriy qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu tartib Litvaning Belarus va Rossiya bilan chegarasidagi o‘tkazish punktlarida (Medininkay, Shalchininkay, Kibartay) navbatlarni boshqarish va jamoat tartibini saqlash maqsadida kiritilmoqda.

O‘zbekistonlik va boshqa davlat yuk tashuvchilar chegarani belgilangan vaqtda kesib o‘tish uchun EVIS axborot tizimida oldindan band (bron) qilishlari kerak.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiya bilan ikki tomonlama yuk tashish uchun ruxsatnomalar endi faqat elektron shaklda berilishi haqida yozgan edi.