2025-yil yanvar oyidan boshlab O‘zbekistondagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida kibersport, harbiy sport musobaqalari, shuningdek, dron va robototexnika bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Respublikada harbiy xizmatga chaqiruvgacha bo‘lgan tayyorgarlik bo‘yicha yangilangan o‘quv dasturlari va darsliklar ham yaratiladi.
Kelgusi yilning 1-iyunidan maktablarda chaqiruvgacha bo‘lgan tayyorgarlik bo‘limi boshlig‘i lavozimi joriy etiladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston ta’lim muassasalarida chaqiruvgacha bo‘lgan tayyorgarlik ishlari Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklatilishi haqida yozgan edi.