Yangiliklar

Hukumat iste’foga chiqdi

Ammo yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllanguniga qadar o‘z ishini davom ettiradi
Foto: gov.uz

Vazirlar Mahkamasining 19-noyabrdagi tegishli qarori bilan amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi.

Shu bilan birga, prezident farmoniga asosan, amaldagi hukumat faoliyatining uzluksizligini ta’minlash uchun yangi tarkibdagi hukumat shakllanguniga qadar o‘z ishini davom ettiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan saylov natijasida Qonunchilik palatasi tarkibi qariyb 60 foizga yangilangani haqida yozgan edi.