OTB O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun $250 mln ajratdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda OTB matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan'ga xabar berdi
Foto: OTB

Joriy yilning 19-noyabr kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonning yashil, barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida $250 mln miqdorida qarz ajratishni ma’qulladi. Bu haqda OTB matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga xabar berdi.

Ushbu mablag‘ O‘zbekiston hukumatining iqlim o‘zgarishiga moslashish va bu borada strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishini tezlashtirishga yordam beradi.

OTBning ushbu dasturi O‘zbekiston hukumatining 2030-yilgacha issiqxona gazlari chiqindilarini 35 foizga kamaytirish maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bunda qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirish asosiy vazifa bo‘ladi.

«Dastur ayni paytda aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlagan holda, iqtisodiyotni karbonsizlantirish va tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirishga ustuvor ahamiyat beradi», – dedi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukov.

Shuningdek, suv xavfsizligi va cho‘llanish muammosiga qarshi kurashish uchun suv resurslarini samarali boshqarishga qaratilgan islohotlar ham qo‘llab-quvvatlanadi.

O‘zbekiston OTBga a’zo bo‘lganidan beri bank $12,5 milliardlik qarz, grant va texnik yordam ko‘rsatgan. Ushbu yangi dastur hukumatning iqlim muammolariga qarshi kompleks choralar ko‘rish salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Avvalroq «Kursiv» OTB O‘zbekiston uchun $5 milliardlik besh yillik strategiyani qabul qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek