2024-yil 8-noyabr kuni Respublika Tovar-xomashyo birjasi aksiyalarini sotib olish uchun arizalar qabul qilish yakunlandi. Bu haqda birja matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 3 326 031 dona aksiyalar (4,4%) ikkilamchi ommaviy joylashtirish orqali sotildi. Aksiyalar narxi 12,9 mingdan 18 ming so‘mgacha belgilangan. Umumiy arizalar hajmi 46,9 mlrd so‘mni tashkil etdi, ulardan 42,9 mlrd so‘mlik aksiyalar muvaffaqiyatli sotildi.
Mazkur IPO prezidentning 2024-yil 19-apreldagi PQ-162-son qaroriga muvofiq amalga oshirilgan bo‘lib, fond bozorini aholiga yanada yaqinlashtirish va milliy birja tizimiga ishonchni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
«Toshkent» Respublika fond birjasi barcha investorlarni faol ishtiroklari uchun minnatdorlik bildirdi va fond bozorini rivojlantirishga oid tashabbuslarni davom ettirishga va’da berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Aloqabank» aksiyalari 30 foizga qimmatlashgani haqida yozgan edik.