Senatorlar vakolati kengaytirildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Senati tarkibi 100 nafardan 65 nafarga qisqardi
Foto: Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov

Senatorlarning vakolatlari bir necha barobar oshirildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, endilikda Senat qonunchilik tashabbusi bilan chiqish va mahalliy Kengashlar bilan samarali hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish, qarorlarni tayyorlash va tasdiqlash uchun yagona tartibni ishlab chiqish, shuningdek, hududlar o‘rtasida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, yuqori palata 10 dan ortiq yuqori martabali mansabdor shaxslarning hisobotlarini tinglasa-da, bu jarayon ko‘pincha chuqur tahlildan yiroq bo‘layotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro reytinglarda sezilarli yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, senatorlar xalqaro tashabbuslarni targ‘ib qilishda yetarlicha faol emasligi qayd etildi. Yangi tarkibdan bu borada ko‘proq natijalar kutilyapti.

Shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlar natijasida Oliy Majlis Senati tarkibi ixchamlashib, a’zolar soni 100 nafardan 65 nafarga qisqardi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq saylov natijasida Qonunchilik palatasi tarkibi qariyb 60 foizga yangilangani haqida yozgan edik.

Shuningdek