Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi korxona 7,5 milliard so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» matbuot xizmati xabar berdi
Tekshiruv chog‘ida korxona egasi elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi. O‘g‘irlik bilan bog‘liq hujjatlar huquq-tartibot idoralari xodimlariga yuborilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 19-noyabr kuni infratuzilmani ta’mirlash ishlari tufayli Toshkentda elektr energiyasi ta’minoti qisman to‘xtatilgani haqida yozgan edi.