Tovar-xomashyo birjasida shakar narxi arzonlashdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Birjada mazkur davrda 51 tonna shakar sotildi
Foto: Unsplash

11–17-noyabr kunlari O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida bir tonna shakar narxi 12,32 mln so‘mdan 12,30 mln so‘mga pasaydi. Bu haqda birja hisobotida ma’lum qilindi.

Birjada mazkur davrda 51 tonna shakar sotilib, har kuni savdo maydonchasida 10 tonnaga yaqin mahsulot sotilgan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, savdolarda kuniga o‘rtacha uch nafar xaridor qatnashgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Belarus shakarining Markaziy Osiyodagi Rossiya shakarining o‘rnini qisman egallashi haqida yozgan edi.

Shuningdek