AQShning qayta saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakatdan noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish uchun favqulodda holat joriy etishga tayyor. Bu haqda Judicial Watch konservativ faollar guruhi rahbari Tom Fitton Truth ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
«Tramp ma’muriyati ushbu deportatsiya dasturi orqali Bayden olib borgan migratsiya siyosatini toʻxtatish uchun mamlakatda favqulodda holat e’lon qilishga va harbiylarni bu ishga jalb qilishga tayyor», – deb yozdi Fitton.
Tramp ushbu postni o‘z sahifasiga «True!!!» yozuvi bilan repost qildi. Bu esa inglizchadan «Haqiqat» degan ma’noni anglatadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Donald Trampning ikkinchi muddatida AQShning O‘zbekistonga nisbatan siyosati qanday o‘zgarishi haqida yozgan edi.