Zeekr 7X O‘zbekiston bozoriga kirib keldi – narxlar

eʼlon qilindi
528 mln so‘mdan boshlanadi
Foto: zeekr-cars.uz

Zeekr 7X elektr krossoveri O‘zbekiston bozoriga rasman kirib keldi. Kompaniya rasmiy dilerida avtomobil narxi 528 mln so‘mdan boshlanadi.

Xitoy bozorida Zeekr 7X krossoveri 2024-yilning sentabr oyida taqdim etildi va tez orada eng koʻp sotilayotgan avtomobillar qatoriga kirdi. O‘zbekiston ushbu elektromobil uchun birinchi eksport bozori hisoblanadi.

Zeekr avtobrendi O‘zbekistonda 2024-yil iyun oyidan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Dastlab Zeekr 001 liftbeki va Zeekr X krossoveri bilan taqdim etilgan.

Zeekr 7X uchta komplektatsiyada taqdim etilgan. To‘liq privodli faqat maksimal komplektatsiyada mavjud. Narxlar 541 mln so‘mdan 624 mln so‘mgacha turadi. Lekin oldindan buyurtma berilsa, boshlang‘ich narxi 528 mln so‘mdan bo‘ladi.

Kuzov rangini yettita variantdan tanlash mumkin: oq, ko‘k, jigarrang, to‘q sariq, yashil, kulrang va qora. Xaridorlar salonning uchta rang yechimidan foydalanishlari mumkin: oq-to‘q sariq, qora-kulrang yoki qora. Shuningdek, diametri 19 dan 20 dyumgacha bo‘lgan g‘ildirak disklarining beshta varianti mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yevro NCAP testlarida xavfsizlik va ekologik xavfsizlik bo‘yicha Zeekr 001 va Zeekr X elektromobillari birinchi o‘rinlarni egallagani haqida yozgan edi.

Shuningdek