Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi

eʼlon qilindi
Konstitutsiyaning 109-moddasiga muvofiq
Foto: President.uz

Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri lavozimiga qayta tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga asosan, Shavkat Mirziyoyev taqdimiga binoan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 2024-yil 20-noyabr kuni Abdulla Nig‘matovich Aripov nomzodini bosh vazir lavozimiga ma’qulladi.

Konstitutsiyaning 109-moddasiga muvofiq, Abdulla Nig‘matovich Aripov O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident 2025-yilni «Atrof-muhitni asrash va „yashil» iqtisodiyot yili» deb e’lon qilishni taklif etgan edi.

Shuningdek