Birjada OKMKning 12 trln soʻmlik aksiyalari sotildi

eʼlon qilindi
Корреспондент
Bitim RFBda rekord ko‘rsatkich bo‘ldi
Foto: OKMK matbuot xizmati

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB) orqali Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining (OKMK) 175 milliondan ortiq aksiyalari sotildi. Bu haqda savdo maydonchasida maʼlum qilindi.

Savdo 19-noyabr kuni boʻlib oʻtdi. Aksiyalarning oʻrtacha narxi 69,5 ming soʻm boʻlib, bitimlarning umumiy hajmi qariyb 12,2 trillion soʻmni tashkil qildi.

Kap Depo investitsiya kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, bitim summasi «Toshkent» respublika fond birjasi faoliyati davomida rekord koʻrsatkich boʻlgan.

Maʼlumot uchun, OKMK Oʻzbekistondagi eng yirik kon-metallurgiya korxonalaridan biridir. Kombinatda mis, oltin, kumush, rux va boshqa metallar, jumladan, volfram va molibden ishlab chiqariladi. 2024-yilning uchinchi choragi yakunlariga koʻra, OKMKning daromadi 27 trillion soʻmga oshgan.

Kombinat Oʻzbekistondagi eng yirik soliq toʻlovchilar roʻyxatida doimiy ravishda ikkinchi oʻrinni egallab keladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda birja orqali oltin savdosi ikki baravarga ortgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek