20-noyabr, chorshanba kuni Bitkoin yana tarixiy maksimumni yangiladi. Bir dona kriptovalyutaning narxi $93 mingdan oshdi. Bu haqda Investing.com xabar berdi.
Toshkent vaqti bilan soat 06:45 da bitkoinning narxi $91,8 mingni tashkil etdi. Eng yuqori narx esa $93,9 ming boʻlgan.
Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti lavozimiga Donald Trampning saylanishidan soʻng ushbu aktiv turini qoʻllab-quvvatlashini bildirgani sababli, kriptovalyuta kursi koʻtarilib ketdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 12-noyabr kuni bitkoin narxi $89 mingdan oshgani haqida yozgan edi.