Bosh vazirlikka Abdulla Aripov nomzodi ko‘rib chiqilmoqda

eʼlon qilindi
Nomzod o‘z Harakat dasturini taqdim etmoqda
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri lavozimiga Abdulla Nig‘matovich Aripov nomzodini ilgari surishga qaror qilganini aytdi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Abdulla Aripovning ijro hokimiyati sohasida boy tajriba va chuqur bilimga ega ekanligi, shuningdek, mas’uliyatni teran his qilib, yuqori tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etib kelayotgani qayd etildi.

Bosh vazir lavozimiga nomzod Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturini taqdim etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev hukumatning kelgusi besh yillik faoliyati uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilab bergan edi.

Shuningdek