Yangiliklar

Chirchiqda O‘zbekiston – Rossiya qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxona ochildi

Foto: Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati

Chirchiq texnoparki hududida yuqori sifatli plyonka va plastik mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur korxona – «Deconext Corp» qo‘shma korxonasi tomonidan dekorativ qog‘oz, melamin va fenol plyonkalari, shuningdek, dekorativ CPL plastik mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyiha qiymati $1,3 mln.ni tashkil etadi. Ushbu korxonada 50 ta yangi ish o‘rni yaratilib, yiliga 250 ming kvadrat metr hajmda (80 mlrd so‘mlik) mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Zavod mahsulotlarining asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryodagi korxona 5 milliard so‘mlik gazni o‘g‘irlagani haqida yozgan edik.