Yangiliklar

Dollarning o‘rtacha qiymati oshdi

Va 12 855,93 so‘mni tashkil qildi
Foto: engin akyurt / Unsplash

20-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida dollarning rasmiy kursi 11,93 so‘mga oshib, 12 855,93 so‘mni tashkil qildi.

Mamlakat tijorat banklari AQSh valyutasini 12 780 – 12 835 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 860 – 12 905 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 19-noyabr kuni davlatda ushbu valyutaning kursi deyarli 19 so‘mga oshgan edi.