«Hududgazta’minot» AJ tomonidan aholi iste’molchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi «Hudud Gaz Ta’minot» mobil ilovasi test sinovida ishga tushirildi. Bu haqda «Hududgazta’minot» axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda iOS operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.
Mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita kunlik va oylik kesimida tabiiy gaz iste’molini kuzatib borish, xususan, gaz hisob raqamlariga toʻlov qilish hamda suyultirilgan gaz iste’molchilari oʻz hisoblarini toʻldirish va biriktirilgan ballonlar roʻyxatini koʻrib borish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ilovani yuklab olgandan keyin unga tegishli shaxsiy hisob raqami hamda One ID xizmati orqali ulanish mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Qirgʻizistondan gaz importini 5,1 baravarga oshirgani haqida xabar bergan edi.